Qozoq jurnalistlari Arshavinni eng zo‘r deb topishdi

  • 3 yanvar, 2017, 19:45
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Olma Otaning “Qayrat” klubi yarim himoyachisi Andrey Arshavin ProSports nashri o‘tkazgan jurnalistlar o‘rtasidagi so‘rovnomada Qozog‘iston chempionatining o‘tgan 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ta’kidlash kerakki, rossiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda “Qayrat” bilan birga mamlakat chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Arshavin mavsum davomida jami 37ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Bundan tashqari 35 yoshli futbolchi murabbiylar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq esa uning “Taraz” klubiga urgan goli “Qayrat”ning mavsumdagi eng chiroyli goli deb topilgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!