Rafalovich Gran-Pri bahslarida ishtirok etadi
Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich yakuniy yil Grand-Prisida ishtirok etadi. Bugun sportchimiz terma jamoa murabbiyi Akmal Ergashev bilan birgalikda Azarbayjonning Baku shahriga uchib ketishdi.
Turnirda jahon chempioni hisoblangan Dmitriy Shokin qo‘lidagi jarohati tufayli ishtirok etolmaydi. Turnir 9 dekabrdan 10 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, turnir g‘olibi 6 ming AQSh dollari hamda 80 balli reyting ochkolarini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin sohibi 3 ming AQSh dollari va 48 balli reyting ochkolarini va uchinchi o‘rin sohibi esa ming AQSh dollari hamda 28.8 balli reyting ochkolari sohibi bo‘ladi.

Fikrlar