Rasman! “Arsenal”ni yana bir futbolchi tark etdi

  • 1 fevral, 2018, 00:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Sent-Eten” klubi Angliyaning “Arsenal” klubi himoyachisi Matyo Debyushini o‘z safiga qo‘shib olganligini  e’lon qildi.

Debyushi londonliklar bilan shartnomasini bekor qildi va fransuz klubi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi 2014 yilda “to‘pchilar” safiga kelib qo‘shilgan edi. U bu mavsum Angliya Premer-ligasida birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval “Arsenal” Olive Jiruni “Chelsi”ga sotgani borasida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!