"Real" Alkantara uchun "Bavariya"ga qancha taklif qilmoqchi?
"Real" Madrid klubi "Bavariya" xavbeki Tyago Alkantara uchun kurashni davom ettirmoqda.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qirollik klubi" 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun nemis grandiga 40 million evro taklif qiladi. Qayd etish lozimki, Tyagoning xizmatlariga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Tyago Alkantara joriy mavsum "Bavariya" safida jami 3ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar