
"Real" Azar sabab Konte nomzodidan voz kechishi mumkin
Madridning "Real" klubi italiyalik mutaxassis Antonio Konteni jamoaga taklif qilish borasida jiddiy o‘ylanib qoldi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyatini italiyalik mutaxassis va uning “Chelsi”dagi sobiq shogirdlari, shu qatori Eden Azar bilan ham u qadar yaxshi munosabatda emasligi ikkilantirmoqda. Boisi, belgiyalik futbolchi ko‘pdan buyon “Real”ning asosiy transfer nishoni sifatida tilga olinmoqda.
Madridliklar Konte bilan shartnoma imzolangan taqdirda, bu keyinchalik Azarni “Santyago Bernabeu”ga olib kelishda jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkinligidan cho‘chishmoqda.
Fikrlar