"Real" futbolchisi "Borussiya" Dortmundga o‘tadi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ashraf Xakimi yangi mavsumni "Borussiya" Dortmundda boshlashi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha nemis klubi 19 yoshli marokashlik futbolchining 2 yillik ijarasi borasida “qirollik klubi” bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Hakimiga “Napoli” klubidan ham jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ashraf yakunlangan mavsum “Real” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 2ta gol urishga erishgan.



Fikrlar