"Real" futbolchisi Rafael Nadal bilan tennisda bellashishni xohlagan
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos futboldan boshqa sport turi bilan shug‘ullanganda ham mashhur bo‘lib ketishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Ispaniya terma jamoasi a’zosi futboldan tashkari tennis o‘ynashni ham yoqtiradi.
– Agar men futbolchi bo‘lmaganimda boshqa sport turi bilan shug‘ullangan bo‘lar edim. Men har doim tennis o‘ynashni yoqtiraman. Shunday bo‘lganda men Rafael Nadal bilan kuch sinashgan bo‘lar edim, – deydi Ramos Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval ispaniyalik tajribali himoyachi madridliklar safida 500-uchrashuvini o‘tkazgan edi.

Izohlar (0)