
"Real" sobiq prezidenti Azarning transferi haqida: Qullikga barham berganmiz shekilli?
Madridning "Real" klubi prezidenti Ramon Kalderon "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarning Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Jamoani tark etmoqchi bo‘layotgan futbolchini ushlab turishdan hech qanday foyda yo‘q. Qullikga barham berganmiz shekilli?
Avvalam bor, "Chelsi" nima xohlayotganini tushunishimiz darkor va muzokaralarni boshlab yuborish ham, albatta.
Shuni aytishim lozimki, agar xavbek OAV orqali jamoani tark etishni ovoza qilishni davom etsa, "aristokratlar"ga uni ushlab qolish qiyin bo‘ladi. "Real"ga esa aksincha muzokaralarni osson kechishiga bu katta yordam bo‘ladi, - deya Kalderonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Fikrlar