
"Real"da yuzaga kelgan muammolar fonida "Chelsi" Azar bilan shartnomani uzaytirib olmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi o‘z etakchisi Eden Azar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “aristokratlar” belgiyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirayotgan “Real”da sodir bo‘layotgan holatlardan unumli foydalanib, u bilan kelishuvni uzaytirib olishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, Azar bundan avvalroq bolaligidan “Real”ga ishqibozlik qilishini va u erda o‘ynash uning bir umrlik orzusi ekani haqida aytib o‘tgan edi. Shu bois u hozir “qirollik klubi”dan aniq taklif bo‘lishini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar