Rio Ferdinand boksda atigi bitta jang o‘tkazmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hozirda boksda jang o‘tkazish uchun litsenziya olishga harakat qilayotir. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqib hali aniq emas.
– Men litsenziya olishimni bilaman va professionalga aylanaman, – deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi BBC nashri. – Men bokschilikda karera qurishni istamayman. Atigi bitta jang o‘tkazmoqchiman xolos. Qolganini keyin ko‘ramiz. Ehtimol boksda qolishga ham qaror qilishim mumkin. Yoqib qolsa albatta.
– Men oldin litsenziya olishim zarur. Bunga jiddiy qarayapman, hazil emas. Umid qilamanki, litsenziya olib, professional bo‘laman va keyin kim bilandir jang qilaman. Boks tryuklar qila olmaydi. Agar men buni jiddiy qabul qilmasam, menga og‘ir bo‘lishi turgan gap.

Izohlar (0)