Ronaldu ikki hafta ichida Rossiyada qanday karomat ko‘rsatdi?
Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogiga juda ham ajoyib formada etib keldi. Bugun biz uning Rossiyada o‘tayotgan ushbu turnirda va maydon tashqarisida nimalar qilganini birma-bir sanab o‘tamiz.
Qozon shahridagi uyda uning tasviri tushirilgan graffitini ko‘rdi

Portugaliya terma jamoasi to‘htagan mehmonxonaning ro‘parasidagi uyda aynan Krishtianuning tasviri tushirilgan ajoyib graffiti ishlangan edi. “Men bu portretni ko‘rdim. Shunchaki ajoyib”, – deb baho berga edi uning termadagi sherigi Andre Silva.
Ushbu shaharga raahmat aytdi
Ronaldu o‘zining “Instagram”dagi sahifasida juda qisqa va lo‘nda tarzda ushbu shaharga rahmat aytdi – Thanks Kazan.
Pasportga dastxat qo‘yib berdi

Qozon shahrida amaliyot o‘tayotgan talaba Nikita Smirnovning pasportiga o‘zining dastxatini qo‘yib berdi. Yana deng, “Oilaviy ahvoli” degan sahifasiga.
Konfederatsiyalar kubogi reglamentini buzdi
Ushbu turnir reglamentiga binoan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan futbolchi matbuot anjumaniga tashrif buyurishi shart. Biroq portugaliyalik yulduz bunday qilmadi. U jarohat oldi va maxsus mikst-hududda jurnalistlar bilan muloqot qildi. Bu vaqtda esa shifokorlar uning tizzasini davolash bilan band edi.
10 yoshli nogiron qizni xursand etdi

Bu xodisa Rossiya – Portugaliya o‘yini oldidan yuzaga keldi. O‘yin oldidan Krishtianu nogironlar aravachisida 10 yoshli Polina Xayreddinovani maydonga etaklab chiqdi. So‘ng, Ronaldu qizaloqni o‘pdi va o‘zining sport libosini unga sovg‘a qildi.
Rossiya/SSSR termasiga mehmonda gol urgan ilk portugal bo‘ldi

Rossiya bilan o‘yinga qadar Portugaliya terma jamoasi ushbu mamlakat terma jamoasi bilan mehmonda o‘tgan o‘yinlarda umuman gol kirita olmagan edi. Ronaldu ushbu noxush an’anaga barham berdi.
“Gol+pas” tizimida 800-ochkosini qo‘lga kiritdi
Bu natija ham Rossiya bilan bahsdan so‘ng yuzaga keldi. Mezbonlar darvozasiga kiritilgan goldan so‘ng Krishtianu hisobidagi gollar soni 603, assistentliklari esa 197 taga teng bo‘ldi va “gol+pas” tizimida 800-ochkosiga ega bo‘ldi.
Messi eta olmagan yana bir rekord qayd etdi
Ronaldu ketma-ket 8 ta katta turnirda gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. 4 ta Evropa chempioanti, uchta JCh va bitta Konfederatsiyalar kubogi shular jumlasidan. Bir yildan so‘ng esa ushbu rekord yana yangilansa, ajab emas.
O‘ziga berilgan sovrinni sherigiga tuhfa etdi
Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng Ronalduni muxlislar uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Krishtianu esa mazkur o‘yinda gol urgan va shu bilan birga jarohat olgan jamoadoshi Bernardu Silvaga ushbu sovrinni topshirdi.
Portugaliya termasi lagerini tark etishini ma’lum qildi
32 yoshli futbolchining bir necha kun avval surrogat onadan bo‘lgan egizak farzandlari dunyoga kelgandi. Ronaldu buni tasdiqladi va ularni ko‘rish maqsadida Portugaliya termasi lagerini tark etadigan bo‘ldi.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Izohlar (0)