Rossiyalik bokschi Sardorning zarbalariga dosh berolmadi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa boks konfederatsiyasi va Ozarbayjon boks federatsiyasi hamkorligida "Buyuk ipak yo‘li - 2017" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
O‘ninchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning qator mamlakatlari eng kuchli bokschilari bilan ishtirok etmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining etti nafar bokschisi qatnashayotir.
SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishlaricha, nufuzli musobaqada Sardor Begalievning dastlabki jangi muxlisu mutaxassislarga katta taassurot qoldirdi. 91 kilogramm vazn toifasila ringga chiqayotgan hamyurtimiz rossilik raqibi Magomedmurad Arslanbekovga qarshishi jangda raqibini katta ustunlik bilan engdi.
64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorov esa qozog‘istonlik Ayan Kalibekovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eng engil - 49 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan mezbonlar vakili Yodgor Alievni yirik hisobida engdi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Madiyor Saidrahimov va Mahmud G‘oipob birinchi jangda mag‘lub bo‘ldi.
Izohlar (0)