Sabina Sharipova Dubayda o‘ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova BAAning Dubay shahrida sovrin jamg‘armasi 100.000 AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan tashkil etilgan musobaqada Sabina yakkalik bahslarining birinchi davrasida ukrainalik Kateriyna Kozlovaga qarshi kortga chiqadi.
Shuningdek, turnirning juftlik bahslarida Sabina hindistonlik sherigi Prartana Tombare bilan belaruslik Vera Lapko va shvetsiyalik Korneliya Lister tandemiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Yana bir tennischimiz Oqgul Omonmurodova mazkur turnirning juftlik bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi. U germaniyalik Lisa Ponomar bilan ruminiyalik Mixaella Buzarnesku va rossiyalik Alena Fomina bilan raqobatlashadi.

Fikrlar