
Sabina Sharipova bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Namanganda o‘tkazilayotgan tennis turnirida mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Sabina Sharipova g‘alaba qozondi.
Sabina musobaqaning ilk bosqichida rossiyalik Anastasiya Frolovani uch setda – 2:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Sharipova musobaqaning chorak final bosqichiga chiqishi uchun rossiyalik Ekaterina Vishnevskaya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar