Sabina Sharipova bugun "Rollan Garros"da kortga chiqadi
Zohir2018
Avval mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining saralash bahslaridagi ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Sabina mazkur nufuzli turnirning ilk uchrashuvini germaniyalik Anoniya Lottnerga qarshi o‘tkazib, yakunda 6:2, 6:4 hisobida zafar quchgan edi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 15:35da Sabina Sharipova navbatdagi bosqichda rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshishi kortga chiqadi. Mazkur uchrashuvda iste’dodli tennischimizga omad yor bo‘lsin.
Izohlar (0)