Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Sabina Sharipova bugun Xorvatiyada kortga chiqadi

Zohir2018
Izohlar: 0

Sabina Sharipovaning ilk raqibi ruminiyalik tennischi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan tennischimiz bu haftada Xorvatiyaga yo‘l oldi.

Sabina Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilayotgan turnirda birinchi raqam ostida saralandi va o‘z ishtirokini asosiy to‘rdan boshlaydigan bo‘ldi.

Sovrin jamg‘armasi 60,000 AQSh dolllari bo‘lgan turnirda Sabina ilk uchrashuvni ruminiyalik Aleksandra Kadatsuga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q