Saida Mahmudova 34 yoshda!

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova bugun 34 yoshga to‘ldi.

Ushbu munosabat bilan Saida Mahmudovani Sports.uz internet portali xodimlari va muxlislar muborakbot etadi.

Ma’lumot uchun: Saida Mahmudova to‘qqiz yoshidan stol tennisi bilan shug‘ullangan. Ko‘p marotaba O‘zbekiston chempioni, Universiada musobaqalari g‘olibi bo‘lgan. 1998 yili Jahon o‘smirlar o‘yinlarida uchinchi o‘rinni egallagan. Ikki marta yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. Siena shahrining “Libertas Siena” jamoasi tarkibida Italiya chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritgan. 

U murabbiya sifatida Respublika oliy sport mahorati maktabida yosh sportchilarga stol tennisi sirlarini o‘rgatgan.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligi arafasida Saida Mahmudova mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish ishiga qo‘shgan hissasi, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 
 
Ayni damda u turmush o‘rtog‘i sobiq bokschi Dilshod Mahmudov bilan birgalikda Bilol va Robiya ismli farzandlarini tarbiyalamoqda.
 
sportchilar_oilasi_bakhtli
 
Sports.uz 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!