Saidkarimov juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi
Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Saida’lo Saidkarimov yakkalik bahslarida chorak finalga chiqqani haqida xabar berib o‘tgan edik.
19 yoshli tennischimiz juftlik bahslarida qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan duet hosil qilib ishtirok etmoqda. Kecha ularga musobaqaning chorak finalida mezbonlar vakillari Aleksandr Igoshin/Yan Sabanin raqiblik qilishdi.
1 soat 20 daqiqa davom etgan uchrashuvda Saida’lo va uning sherigi 1:6, 7:6, 10:8 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Izohlar (0)