Sanjar eng kuchli tennischini dog‘da qoldirdi

  • 27 aprel, 2017, 21:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turnirida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Sanjar Fayziev yarim finalga chiqdi.

Tajribali tennischimiz chorak finalda yakkalik bahslarida birinchi raqamda saralangan qozog‘istonlik Dmitriy Popko bilan raqobatlashdi. Bir yarim soatdan oshiq davom etgan uchrashuvda o‘zbekistonlik raketka ustasi 6:4, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Sanjar finalga chiqish uchun chorak finalda yana bir hamyurtimiz Jo‘rabek Karimovni mag‘lubiyatga uchratgan estoniyalik Vladimir Ivanov bilan raqobatlashadi.

Bir kunda uchta g‘alaba

Musobaqa ishtirok etgan Temur Ismoilov esa belaruslik Egor Gerasimovdan mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!