Sanjar va Shonig‘mat mezbonlarni mag‘lub etdi
Bahraynda erkaklar o‘rtasida boshlangan "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirning juftlik bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Fayziev va Shonig‘mat Shofayziev dastlabki bosqichda mezbon tennischilar - Karim Abdulnabi va Hasan Abdulnabiga qarshi kortga chiqdi.

Tajribali tennischilarimizga raqiblarini mag‘lubiyatga uchratish uchun 56 daqiqa kifoya qildi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan hamyurtlarimiz 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Izohlar (0)