
Saul Alvares boksdan chetlatildi
Meksikalik bokschi Saul Alvares taqiqlangan modda – doping iste’mol qilgani uchun olti oyga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar beradi ESPN nashri. Bu qaror Nevada shtati sport komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Avvaliga Alvares bir yillik diskvalifikatsiya olgan edi, biroq tergovdagi hamkorlik sababli bu yarim yilga qisqartirildi.
Fevral oyida bokschining organizmidan taqiqlangan preparat klenbuterol topilgan edi. Shuningdek, uning 2, 5 va 9 mart kunlari topshirgan qo‘shimcha tekshiruvlari ham ijobiy chiqqan.
Komissiyaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, meksikalik 2017 yil 18 sentyabrda bo‘lgan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang oldidan “toza” chiqqan. Bu bokschilar o‘rtasidagi revansh 5 may kuni bo‘lishi kerak edi, biroq jang bekor qilingan.
Fikrlar