Saul Alvaresga chempionlik kamarini himoya qilishga ruxsat berildi

  • 3 oktabr, 2018, 14:26
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) o‘rta vazn (72,6 kg.gacha) etakchisi Saul “Canelo” Alvaresga (50-1-2, 34 KO) ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazishga ruxsat berdi. Meksikalik bokschi o‘tgan oy qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinni mag‘lub qilib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Agar “Kanelo” dekabrda ringga qaytsa, qaror o‘z kuchida qoladi, deya xabar bermoqda ESPN Deportes nashri. Avvalroq shifokorlar Saul Alvaresning 15 dekabrda jang qilishiga ruxsat berishgani ma’lum qilishgan.

 Hozirga unga ushbu vaznda WBC versiyasi bo‘yicha “vaqtinchalik” chempion Jermall Charlo (27-0, 21 KO) raqib bo‘lishi kutilmoqda. Amerikalik bokschining o‘zi tezroq u bilan uchrashishdan xursand bo‘lishini yashirmayapti.

Tashkilot rahbari Suleymanning so‘zlariga ko‘ra, u hozir Golovkin jamoasining revansh jang borasidagi qarorini kutishmoqda. O‘shandan so‘nggi WBC rahbari kim bilan, qachon va qaerda urushish borasidagi savollarga aniqlik kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!