Sergey Fomin bugun Uimbldonda kortga chiqadi
Zohir2018
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Sergey Fomin Londonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Uimbldon turnirining asosiy to‘rida ikkinchi davraga chiqqan edi.
Sergey musobaqaning ilk davrasida amerikalik Tayler Zinkka qarshi o‘yin o‘tkazib, raqibini 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Endi Fomin musobaqaning ikkinchi bosqichida braziliyalik Jilbert Suaresga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 15:00da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)