
"Sevilya" La Ligada 17 yil muqaddam “Deportivo” tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi
Xabaringiz bor "Sevilya" kecha La Liganing 13-turida "Valyadolid"ni (1:0) kichik hisobda engib musobaqa peshqadamligini qo‘lga olgan edi.
E’tiborlisi, andalusiyaliklar hisobida bor yo‘g‘i 26 ochko mavjud. Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu La Liganing 13ta tur yakunlariga ko‘ra eng kam ochko bilan peshqadamlik qilish bo‘yicha XXI asrdagi rekordning takrorlanishi bo‘ldi.
So‘nggi bor bunday kam ochko bilan 2001/02 yilgi mavsumda “Deportivo” klubi peshqadamlik qilgan edi.
Fikrlar