
"Sevilya" Yago Falkeni Ispaniyaga qaytarmoqchi
"Sevilya" klubi "Torino" vingeri Yago Falkega jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra andalusiyaliklar 28 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 15 million evro taklif qilishmoqchi. Biroq, ushbu taklif turinliklarni qoniqtirmasligi aytilmoqda.
O‘z navbatida Falke ham “Sevilya”ga o‘tishga qarshi emas va bu borada ularning aniq taklifini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Falke o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar