
"Sevilya" himoyachisi jiddiy jarohat oldi
"Sevilya" himoyachisi Serxio Eskudero kecha La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga (0:0) qarshi bahsda qo‘lidan jiddiy jarohat oldi.
Uchrashuvning 82-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda 28 yoshli futbolchi maydonga noqulay tarzda yiqildi va shu vaziyatda jarohat oldi. Shundan so‘ng Eskudero maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Uning o‘rniga esa Vissam Ben-Yeder o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Eskudero andalusiyaliklar safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar