
Shamshirchi qizlarimiz Jahon kubogida kumush medalga ega chiqdi (foto)
Poytaxtimizdagi gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabida o‘smir-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning shamshir turi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Bugun o‘smir-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning shamshir turi bo‘yicha Jahon kubogining jamoaviy musobaqalari nihoyasiga etdi.
Shamshirchi qizlarimiz final bellashuvida rossiyalik tengdoshlari bilan bahslashdilar. Bu gal mahorat sal pand berdi. Sportchi qizlarimiz 38-45 hisobida o‘yinni boy berishdi. Shunday qilib, shamshir bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida
1-o‘rin – Rossiya,
2-o‘rin – O‘zbekiston,
3-o‘rin – Germaniya
bo‘ldi.
Fikrlar