Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Sharapovaning tennischilarga keragi yo‘q

Izohlar: 0

Rossiyalik mashhur tennischi Mariya Sharapovaning doping mojarosi tufayli olgan diskvalifikatsiyasi yakunlashiga uch oy vaqt qoldi. Biroq mohir tennischining kortga qaytishidan qolgan raketka ustalari xursand emas. Bu haqda sobiq raketka ustasi Anna Chakvetadze aytdi.

- Tennischilar Mariyani kutayotgani yo‘q, uni muxlislar va tashkilotchilar kutmoqda, - dedi Anna Chakvetadze. – Tennischi qizlar musobaqa jadvalida Mariya Sharapovaning nomini ko‘rsa, bu ularga yoqmaydi. Chunki Mariya kuchli sportchi va go‘zal qiz. Uni muxlislar yaxshi ko‘radi. Tashkilotchilarga uning o‘yinlariga ko‘proq chipta sotilishi yoqadi. Tennischilar bunaqa raqibni yoqtirmaydi.

Mariya Sharapova rasman 2017 yilning 26 aprel kuni Shtutgartdagi turnirda birinchi uchrashuvini o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q