Sharofiddin ikkinchi nokautga tayyorlanmoqda
25 mart kuni Rossiyaning Pervouralsk shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida toshkentlik charm qo‘lqop ustasi Sharofiddin Jo‘raxonov faoliyatidagi uchinchi jangni o‘tkazadi.
Bu gal hamyurtimiz bitta jangda g‘alaba qozongan rossiyalik Zaur Abdullaevga qarshi to‘rt raundlik reyting jangini o‘tkazadi.
Sharofiddin professional boksdagi faoliyatini o‘tgan yili boshlab, dastlbki uchrashuvda Aleksandr Shestakovni nokaut qilgandi. Biroq 18 fevral kuni engilmas nokautchi Akjo‘l Sulaymonbek o‘g‘liga qarshi jangda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar