Sherali polvon 50 ming ko‘kini naqd sanab oldi (foto)

  Kecha "O‘zbekiston" sport majmuida mamlakat Prezidenti sovrini uchun I kurash Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

  Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan turnirda tolmas kurashchimiz Sherali Jo‘raev oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 50 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi. Kumush medal sohibi bo‘lgan polvonimiz Bekmurod Oltiboev esa 25 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. Tojikistonlik Temur Rahimov va rossiyalik Aslan Kambiev bronza medali bilan taqdirlandi. Ularga 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot berildi. Shuningdek, musobaqada 5-8 o‘rinni egallagan sportchilar ham 1250 AQSh dollari bilan mukofotlandi.

1

2

3

4

5

6

8

9

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!