Shmeltser "Borussiya" Dortmund safida 350-o‘yinini o‘tkazdi

  • 15.09.2018 08:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Marsel Shmeltser kecha Bundesliganing 3-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga (3:1) qarshi bahsda maydonga tushdi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu o‘yin 30 yoshli futbolchi uchun dortmundliklar safidagi yubiley 350-o‘yin bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, Shmeltser “Borussiya” safida ushbu ko‘rsatgichni qayd eta olgan 9-futbolchi bo‘lib tarixga kirdi.

Ma’lumot uchun, Shmeltser asli “Borussiya” Dortmund tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u o‘z hisobiga 6ta gol hamda 33ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!