Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Shohjahon Ergashevni tabriklaymiz!

Izohlar: 0

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (11-0, KO11) bugun o‘zining 25 yoshini qarshi olmoqda.

Shu munosabat bilan  SPORTS.uz internet-axborot portali sportchimizni ushbu ayyom bilan muborakbod etadi va unga sog‘lik va sportdagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, bokschimiz professional ringda 11 ta jang o‘tkazib, barchasini nokaut bilan yakunlagan. Nokautchi bokschimiz 11 noyabr kuni AQShda faoliyatini boshlagan edi, okeanortidagi ilk jangida mezbon bokschi Markus Xavtornni (5-7-0) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan.

Endi u navbatdagi jangini 12 yanvar kuni Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida amerikalik engilmas Soni Fredriksonga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q