Shohjahon Ergashevning kuchli zarbasiga raqibi dosh bera olmadi

  • 20.08.2018 03:41
  • 0
  • Boks

Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiya poytaxti Moskva shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Unda Shohjahon ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarilib, "WBA International" kamarini himoya qildi. Qiziqarli o‘tgan jangning to‘rtinchi raundida Shohjahon Ergashev raqibiga bir qator kuchli zarbalar yo‘lladi. Bu vaziyatni ko‘rgan referi bahsni to‘xtatishga majbur bo‘ldi va bokschimizning qo‘lini baland ko‘tardi.

Shu tariqa Shohjahon Ergashev professional ringdagi 14-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!