Shyurrle APL klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga etib keldi

  • 25.07.2018 09:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Andre Shyurrle tez orada "Fulxem"ga ko‘chib o‘tadi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga etib kelgan. U muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan so‘ng "Fulxem" bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Shyurrle uchun Angliya premer-ligasi u qadar begona emas. Boisi, u 2013-2015 yillarda Londonning "Chelsi" klubida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!