Simona Xalep: Mariya men seni taslim qilaman!
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Ineternazionali BNL d'Italia" musobaqasining yarim finaliga chiqdi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona turnirning chorak finalida frantsiyalik Karolin Garsiyaga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa xalep musobaqaning yarim finalida rossiyalik Mariya Sharapovaga qarshi kortga chiqadi. Mazkur o‘yinda har qanday natija qayt etilmasin Simona "Katta dubulg‘a" turkumidagi "Rolan Garros" musobaqasida birinchi raqamli tennischi sifatida ishtirok etadi.

Fikrlar