Simona Xalep: Sevimli bo‘lish katta sharaf!
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep 2017 yilda “Muxlislarning eng sevimlisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Simona ushbu g‘alabasidan so‘ng o‘zining Twitterdagi sahifasida muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
“Menga ovoz bergan barchaga katta rahmat. Muxlislarning eng sevimlisi bo‘lish men uchun katta sharaf. Ularning ko‘nglidan joy olganimdan xursandman. Yangi mavsumda bundanda yaxshiroq o‘ynashga va ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman”, deydi – S.Xalep.

Fikrlar