Sten Vavrinka Madridga bormaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shveytsariyalik Sten Vavrinka 6-13 may kunlari Madridda o‘tkaziladigan "Mutua Madrid Open" turnirida ishtirok etmasligi haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Vavrinka tizzasidan ikki marotaba jarrohlik amaliyoti o‘tkazganidan so‘ng fevral oyidan musobaqalarga qaytgan edi.Lekin u davolanish vaqtini yana uzaytirmoqda.

Shuningdek, mazkur musobaqada serbiyalik Filip Krayinovich ham o‘ynamaydigan bo‘ldi.  Shu tariqa musobaqaning asosiy to‘rida rossiyalik Daniil Medvedev va germaniyalik Peter Goyovchik ishtirok etadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!