Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Taekvondo: Dmitriy Shokin yarim finalda

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

Endi u iordaniyalik sportchini mag‘lub etishi lozim.

Osiyo o‘yinlarining uchinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarida hamyurtimiz Dmitriy Shokin +80 kg vazn toifasidagi chorak final bosqichida hindistonlik Akshay Kumarga qarshi dayanga ko‘tarildi.

Vakilimizning to‘la ustunligida o‘tgan bahs 15:1 hisobida yakunlandi. Endi hamyurtimiz yarim final bosqichida iordaniyalik Hamza Kattanni mag‘lub etishi lozim bo‘ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q