Taekvondochilarimizda kamida bronza naqd
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.
Taekvondo bo‘yicha chorak final bosqichida tatamiga chiqqan hamyurtlarimizdan ayollar o‘ratasida -62 kg vazn toifasida Umida Abdullaeva hamda erkaklar o‘rtasida -74 kg vazn toifasida Nikita Rafalovich yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, Umida Abdullaeva pokistonlik Siddiqiyga qarshi, Nikita Rafalovich esa marokashlik Mahboubiga qarshi jang qilib yaqqol ustunlik bilan keyingi bosqich masalasini hal qilgan edi.
Shaxzoda Abdullaeva

Fikrlar