Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Tampere-2017: Abdullaev chorak finalda va kunning boshqa natijalari

Izohlar: 0

Finlandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Bugungi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarda 3 nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun kurash olib borishi haqida xabar berib o‘tgandik. Ayni paytga kelib musobaqaning saralash bellashulari o‘z nihoyasiga etdi va kunning birinchi yarmida gilamga ko‘tarilgan hamyurtlarimizdan 2 nafari, 84 va 120 kilogramm vazn toifalarida Javrail Shapiev va Hasanboy Rahimovlar dastlabki bahsdayoq imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, 55 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz G‘ulomjon Abdullaev saralash bosqchida Yaponiya vakili Daiki Arakini mag‘lub etib nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chorak final oldidan o‘tkazilgan bellashuvda esa xitoylik Vanxao Zouni 10-0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.  Endi hamyurtimizga yarim final uchun o‘tkaziladigan bahsda AQSh vakili Deyton Dueyn Fiks raqiblik qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q