Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

“Tashkent Challenger”. Juftlik bahslariga ham start berildi

Izohlar: 0

Ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.

Kecha musobaqaning juftlik bahslariga ham  start berildi. Hamyurtlarimiz – Sanjar Fayziev va Jo‘rabek Karimov dueti ilk davrada Roman Arneodo(Monako)/Denis Molchanov(Ukraina) duetiga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 18 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda tennischilarimiz 4:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Tashkent Challenger”. Birinchi davra. Juftlik

Gillermo-Garsiya Lopes/Enrike Lopes-Peres(Ispaniya) – Aleksandr Buri(Belarus)/Andreas Silestrem(Shvetsiya) 6:7, 6:3, 10:6

Temur Xabibulin/Aleksandr Nedovesev(Qozog‘iston) – Xans Podlipnik Kastilo(Chili)/Andrey Vasilevski(Belarus) 6:7, 7:6, 3:10

Roman Arneodo(Monako)/Denis Molchanov(Ukraina) – Sanjar Fayziev/Jo‘rabek Karimov(O‘zbekiston) 6:4, 7:6.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q