Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Tayson Fyuri: Uaylder eng xavfli bokschi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Bu bokschilar o‘rtasidagi jang shu yil oxiriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ushbu vaznda WBC kamari sohibi Deontey Uaylderni dunyodagi eng xavfli bokschi deb hisoblamoqda.

— Deontey — bugungi kunda jahonning eng xavfli bokschisi. U juda kuchli va boshqalarga qaraganda tezkor bokschi. Uning tezkorligi va kuchli zarbalariga chidab berish juda qiyin, biroq men oldingi raqiblariga o‘xshamayman va Uaylderni mag‘lub qilish uchun yo‘l topaman. Bunga ishonchim komil, - deydi Fyuri ESPN jurnalistlari bilan bo‘lgan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, bu bokschilar o‘rtasidagi jang shu yil oxiriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q