Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Tayson maygacha ringga qayta olmasligi mumkin

Izohlar: 0


Boks nazorati bo‘yicha Britaniya uyushmasi bosh kotibi Robert Smit so‘zlariga ko‘ra, super og‘ir vazn toifasining WBO, WBA va IBF kamarlari sobiq sohibi Tayson Fyuri 2017 yil may oyiga qadar ringga qayta olmasligi mumkin. Avvalroq britaniyalik bokschi faoliyatini yana tiklash uchun raqib qidarayotganini ta’kidlab o‘tgan edi.

– Fyuri boksdan chiqarilgan. U mayda ringga qayta olmasligi mumkin. Fyuri bundan oldin qator muammolarni hal qilishi kerak. U diskvalifikatsiya qilingandan so‘ng karerani tiklash uchun nimalar qilish kerakligi borasida bizga murojaat qilmadi, – deydi Smit Talk sport nashriga.

Tyson_Fury

Eslatib o‘tamiz, Tayson Vladimir Klichkoga qarshi revansh jangidan oldin doping-nazoratidan o‘ta olmagan va uning organizmidan kokain topilgan. Shundan so‘ng u chempionlik kamarlaridan voz kechishga qaror qilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q