Temur Ismoilov Marreyning hamyurtini bir daqiqada taslim qildi
Gretsiyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida boshlangan "Fyuchers" turnirida qiziq voqea yuz berdi.
Asosiy to‘rning dastlabki bosqichida o‘zbekistonlie tennischi Temur Ismoilov Buyuk Britaniya vakili Kilan Okley bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvni hujumkor ruhda boshlagan hamyurtimiz dastlabki setning birinchi geymini bir daqiqa ichida o‘z foydasiga hal qildi. O‘zbek tennischisidan bundan shiddatli o‘yinni kutmagan evropalik raketka ustasi uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi.

Bir daqiqa o‘ynagan Temur Ismoilov jahon tennisi tarixida eng tezkor g‘alabaga erishdi va birinchi bo‘lib keyingi davraga o‘tdi.

Izohlar (0)