Temurdan ikkinchi superg‘alaba
Tennis bo‘yicha Gretsiyada o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumidagi “Heraklion - 2017” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Temur Ismoilov ketma-ket ikkita irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida ettinchi raqamda saralangan Temur Ismoilov dastlabki bosqich uchrashuvida ruminiyalik Bogdan Borzani 3:6, 6:4, 7:5 hisobida enggan edi.
Ikkinchi bellashuvda mezbonlar vakili Anastasios Pavlis bilan raqobatlashgan o‘zbekistonlik tennischi bu gal ham birinchi setda 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq, ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bellashuvning keyingi ikki setida Temur Ismoilov 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi.
O‘zbekistonlik tennischi chorak finalda uchinchi raqamda saralangan chexiyalik Mixal Konechni bilan bellashadi.

Fikrlar