Tennis. Istomin yarim finalda!
Shahzod
Indoneziyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Tennis bahslari, yakkalik bellashuvlarida ishtirok etayotgan Denis Istomin bugun chorak final bahsida qozog‘istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi.
Birinchi setni 1:6 hisobida boy bergan qozog‘istonlik raketka ustasi ikkinchi setda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan vaqtda o‘yinni davom ettira olmasiligini ma’lum qildi.
Shu tariqa tennischimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yana bir tennischimiz - Jo‘rabek Karimov ham yarim final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi.


Izohlar (0)