Tennischi qizlarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Iste’dodli tennischilarni jamlagan "Capital Cup - 2017" turnirida o‘zbekistonlik tennischilardan yana ikki nafari chorak final bosqichiga chiqdi.
Qozog‘istondagi turnirning yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Milana Maslenkova mezbonlarning ishongan tennischisi Adelaida Allaxverdievaga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Milana 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Yana bir iste’dodli sportchimiz Olesya Kim rossiyalik Maya Gorbunova bilan raqobatlashib, raqibasini 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Juftlik bellashuvlarida Milana Maslenkova Laylo Bahodirova bilan hamkorlikda rossiyalik Ekaterina Nikiforova hamda Mariya Tkacheevani 7:6, 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Yasmina Karimjonova mezbonlar vakilasi Darya Detkovskaya bilan birga Rossiyadan kelgan Kseniya Mixaylova va Aleksandra Mironovani 6:1, 6:2 hisobida engdi.
SPORTS.uz

Izohlar (0)