Terri Anri "Monako"ning quyi divizionga tushib ketishi mumkinligini inkor etmadi

  • 02.11.2018 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri jamoasining mavsum yakunlariga ko‘ra quyi divizionga tushib ketishi mumkinligini inkor etmayapti.

“Hech kim bundan kafolatlanmagan. Istalgan jamoa quyi ligaga tushib ketishi ham, chempion bo‘lishi ham mumkin”, - deydi 44 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” Frantsiya chempionatining o‘tgan 11 tur yakunlariga ko‘ra 7 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!