Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Tezkor xabar. O‘zbeklarni hech kim to‘xtata olmayapti

Izohlar: 0

Latviya poytaxti Riga shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Riga Open 2016” xalqaro turniri bugun yakuniy pallaga kirdi.

67-marotaba o‘tkazilayotgan an’anaviy turnirda vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan besh nafar bokschimizning barchasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Bugun o‘tkazilgan final janglarida esa to‘rt nafar hamyurtimiz oltin medallar hamda bir ga munosib ko‘rildi.

Dastlabki final bahsida 64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov rossiyalik Anatoliy Zirnov ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 56 kg vaznda Abdulhay Sharahmatov mezbon jamoa vakili Nikita Androshchuksni mag‘lub etib oltin medalga loyiq ko‘rildi.

Afsuski 52 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Sirojiddin G‘ulomjonov isroillik raqibi David Alaverdianga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Biroq so‘nggi ikki jang vakillarimiz foydasiga hal bo‘ldi va ular ham shoxsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy olishdi.

Dastavval 75 kg vazn toifasida belarusiyalik Ilyas Adzinev hamyurtimiz Mahmud Gaipov tomonidan mag‘lub etilgan bo‘lsa, superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov yana bir mezbon jamoa a’zosi Evandres Servutsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shuningdek turnirning “eng yaxshi bokschisi” sovrini hamyurtimiz Elnur Abduraimovga topshirildi.

Riga shahrida o‘tkazilgan “Riga Open 2016” turnirda vakillarimiz umumiy jamoa hisobida to‘rtta oltin hamda bitta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.

SPORTS.uz axborot portali uchun maxsus tayyorlandi

Humoyun Davronov

Riga, Latviya

Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q