Timea Baboshni rumin go‘zali mag‘lub etdi
Zohir2018
Vengriyalik tennischi Timea Babosh Marokashda o‘tayotgan turnirning birinchi davrasidan o‘ta olmadi.
Rabat shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ilk bosqichida Timea ruminiyalik Aleksandra Dulgeraga qarshi kortga chiqib 6:2, 6:7, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Endi Aleksandra Dulgera "Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem" musobaqasida ukrainalik Katarin Zavatska va mezbon tennischi Jae El Jardi uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)